Yevrokengash raisi Brexit bo‘yicha kelishuv 16 oktyabrda qabul qilinishi mumkinligini ma'lum qildi

Jahon 19:55 / 16.10.2019 2722

Buyuk Britaniya bilan Brexit to‘g‘risidagi kelishuv payshanba kuni qabul qilinishi mumkin, deb ma'lum qildi Yevrokengash raisi Donald Tusk Polshaning TVN telekanali orqali.

"Yetti-sakkiz soatdan so‘ng hammasi aniq bo‘ladi", - dedi Tusk.

U shu bilan birga, Buyuk Britaniya tomonidan kutilmagan holatlar sodir etilishi mumkinligini istisno etmadi.

"Hammasi yaxshi ketmoqda, ammo Brexit va britaniyalik hamkorlarimiz bilan har narsa sodir bo‘lishi mumkin", - dedi Yevrokengash rahbari.

Buyuk Britaniya 31 oktabr kuni YeIdan chiqishi lozim. 

Ko‘proq yangiliklar: