Turkiyaning Suriyadagi amaliyoti oqibatida 160 ming kishi qochqinga aylandi 

Jahon 23:15 / 14.10.2019 7268

Turkiyaning Suriya shimolidagi amaliyoti sababli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni 160 ming kishiga yetdi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonotida ma'lum qilingan.  

“Bosh kotib [Antoniu Guterresh] Suriya shimolidagi jangovar harakatlardan jiddiy tashvishda. Bu harakatlar, ma'lum qilinishicha, ko‘plab tinch aholining o‘limiga va yaralanishiga hamda kamida 160 ming fuqaroning boshqa joyga ko‘chishiga sabab bo‘ldi”, deyilgan hujjatda.  

Turkiya 9 oktyabrda Suriya shimolida kurd otryadlari va IShID terrorchilariga qarshi amaliyot boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: