O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston 07:40 / 14.10.2019 56540

Gidrometeorologiya xizmati markazi 15 - 18 oktabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15 oktyabrda 18-23 daraja, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15 oktyabrda 17-22 daraja iliq, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15 oktyabrda 20-25 daraja, 16-18 oktyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15 oktyabrda 17-22 daraja iliq, 16-18 oktyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 15 oktyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-18 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: