Kurdlar va Damashq turk armiyasiga qarshi birlashdi

Foto: Reuters
Suriyadagi kurd otryadlari va Damashq o‘rtasida Turkiyaning hujumini qaytarish uchun Suriya-Turkiya chegarasi bo‘ylab hukumat qo‘shinlarini joylashtirishga kelishildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Qo‘shinlarning joylashtirilishini “Suriya demokratik kuchlari” qo‘llab-quvvatlaydi hamda “turk armiyasi va yollanma jangchilar bostirib kirgan hududlarni ozod qilishda ko‘maklashadi”.
Avvalroq Suriya armiyasi mamlakatning kurdlar tomonidan nazorat qilinuvchi shimoli tomon harakatlanayotgani ma'lum qilingan. Biroq kurdlar va rasmiy Damashq o‘rtasida biror kelishuv bo‘lgani-bo‘lmagani noma'lum bo‘lib qolayotgandi.
Hozirda Turkiya Suriyaning shimolida kurd otryadlari va terrorchilarga qarshi harbiy amaliyot olib bormoqda.
Mavzuga oid

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

17:31 / 03.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Turkiyada kurd isyonchilari qurolli kurashni tugatmoqda

17:42 / 07.01.2025
Damashq aeroporti xalqaro reyslarni tikladi

21:34 / 04.01.2025