Metroning Chilonzor liniyasidagi nosozlik tezlikda bartaraf etildi

O‘zbekiston 00:19 / 13.10.2019 10582

12 oktyabrda Toshkent metrosining Chilonzor liniyasida nosoz tarkib sababli harakat ma'lum vaqtga to‘xtab qoldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” korxonasida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, soat 16:05da “Pushkin” va “Buyuk Ipak Yo‘li” stansiyalari orasida tarkib nosozligi sababli harakat to‘xtagan.  

Yo‘lovchilar “Pushkin” stansiyasida tushirilganlar va u yerga nosoz poyezdga texnik ko‘mak ko‘rsatish uchun boshqa tarkib jo‘natilgan. Tegishli ishlar bajarilgach, harakat jadvalga ko‘ra tiklangan.

Metropoliten ma'muriyati yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: