Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari: «Daraxtlarni ildizi bilan ko‘chirib o‘tqazish amaliyoti qo‘llanilmoqda»

Daraxt va butalarni kesishda qonun hujjatlariga rioya etilishi masalasi Senatning 23-yalpi majlisida muhokama qilindi.
Muhokama davomida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov poytaxtdagi daraxt kesilish holatlari bo‘yicha axborot berdi.
Hokim o‘rinbosariga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida 28,800ta daraxtni kesish bo‘yicha 1914ta murojaat kelib tushgan. Mazkur daraxtlarning holati joylarga chiqib o‘rganilishi natijasida 864ta murojaatga, ya'ni 10,700ta daraxtni kesishga rasmiy ruxsat berilgan. Shulardan 4850tasi qurigan daraxtlar bo‘lib, qolganlari esa qurilish ishlari talabi bilan kesilgan.
“Daraxtlarni imkon qadar saqlab qolish masalasi Toshkent shahar hokimi tomonidan jiddiy ko‘rib chiqilgan. O‘rni kelganda, muayyan hududlarda daraxtlarni kesish bo‘yicha chiqarilgan eski qarorlar bekor qilinyapti. Ekologik himoya bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlari bo‘yicha axborot chiqqanda, darhol voqea joyiga borib holat o‘rganiladi, tegishli chora ko‘riladi. Qurilish yoki yo‘l tushishi natijasida daraxtni kesishga to‘g‘ri kelsa, boshqa hududga 10 baravar ko‘proq qilib daraxt ekiladi”, − deya ta'kidlaydi Davron Hidoyatov.
Hokim o‘rinbosarining bayonotiga ko‘ra, Toshkent shahrida 10 yoshgacha bo‘lgan daraxtlarni ildizi bilan xavfsiz tarzda kavlab olib, boshqa joyga o‘tkazish amaliyoti joriy qilinmoqda.
“O‘tgan yili daraxtlarni xavfsiz tarzda ildizi bilan ko‘chirib o‘tkazish imkonini beruvchi 4ta maxsus texnika olib kelindi. Yo‘l tushadigan, qurilish ishlari olib boriladigan hududdagi daraxtlarni kesmasdan, mazkur texnikalar yordamida boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish joriy qilinmoqda. Bu amaliyot bosqichma-bosqich kengaytirilib, takomillashtirib boriladi”, − deya qo‘shimcha qildi Davron Hidoyatov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
O‘zbekiston | 20:45
-
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi
Jahon | 20:36
-
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi
Jahon | 20:03
-
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi
Jamiyat | 19:36
Mavzuga oid

17:42
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025