Farg‘onada qalbaki pul tayyorlagan va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona shahar, Mehribonlik mahallasida yashovchi fuqaro Mansur V. (1998 y.t., ishsiz) "Epson Stylus Photo PX600" rusumli rangli printer yordamida 50.000 so‘m kupyuradagi jami 2.150.000 so‘m qiymatdagi qalbaki pullar tayyorlab, ularni o‘tkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktabr kuni Mansur V.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.