Toshkentda 1 sotix yer narxi 352 mln so‘mni tashkil etdi 

Iqtisodiyot 08:52 1669

Markaziy bank 2024 yilning to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori tahlilini e’lon qildi

Birlamchi bozorda narxlar o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, so‘mda 11,4 foizga, dollarda 6,7 foizga oshgan. Ikkilamchi uy-joylar narxi nisbatan past sur’atlarda o‘sdi: uy-joylarni qayta sotishning so‘mdagi indeksi 6,3 foizga, dollardagi indeksi 1,8 foizga ko‘tarildi.

Ijara to‘lovlarining o‘sish sur’atlari 2024 yil davomida pasayish tendensiyasini saqlab qoldi. Xususan, Toshkentda ijara to‘lovlari pasayishda davom etdi (milliy valutada — 8,2 foiz).

To‘rtinchi chorakda narxlarning o‘sishi, 2024 yilning birinchi yarmida pasaygandan so‘ng, Toshkent (so‘m indeksi 7 foizga oshdi), Samarqand va Navoiy viloyatlarida (+3,4 foizdan) qayd etildi. Xorazm viloyatida esa uy-joy ijarasi sezilarli darajada oshdi (+21,5 foiz).

Toshkent shahrida yer uchastkalari segmentida 1 sotix yerning qiymati o‘tgan yili 352 mln so‘mni tashkil etdi. 2024 yilning birinchi yarmida yer narxi pasaygan bo‘lsa, ikkinchi yarmida barqarorlashdi.

Toshkentdagi bir sotix yer narxi Toshkent viloyatidagi yer uchastkasi narxidan (100 mln so‘m) 3,5 baravar yuqori.

Bundan tashqari, poytaxt hamda Toshkent va Samarqand viloyatlari o‘rtasidagi ikkilamchi uy-joylar qiymatidagi tafovut mos ravishda 1,8 va 1,5 barobarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: