«Mersedes Bens» havo filtri ichiga kumushlarni yashirish foyda bermadi

Jamiyat 13:57 / 11.10.2019 6526

Zargarlik buyumlarini turli yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga uringan kimsalarning kirdikorlari bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida fosh etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada avtomashinaning havo filtri ichiga, ustomonlik bilan yashirilgan, umumiy qiymati 15,8 million so‘mlik 315 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: