Jahon banki bilan hamkorlikda 50 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekiston 12:19 / 11.10.2019 3728

2019 yil 9 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Jahon banki vakillari bilan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlash orqali aholi bandligini ta'minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik davlat dasturiga muvofiq ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish bo‘yicha 2019 yil 50 mln. AQSh dollari qiymatida “Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyiha orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona ijtimoiy reyestrni ishlab chiqish, band bo‘lmagan fuqarolarni mehnat bozoridagi ustuvor ish o‘rinlariga jalb qilish ko‘zlanmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar mazkur loyihani ishga tushirish jarayonlari haqida fikr almashib, “Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi hamkorlik yo‘nalishlari va chora-tadbirlar rejasini belgilab olishga kelishdi.

Ko‘proq yangiliklar: