Dilshod Axatov Ummon elchisi bilan Xalqaro islom akademiyasidagi ko‘rgazma bo‘yicha fikr almashdi

O‘zbekiston 09:25 / 11.10.2019 1760

2019 yilning 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ummon Sultonligining favqulodda va muxtor elchisi Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriy bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda 21 oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Bag‘rikenglik, o‘zaro anglashuv, birdamlik va totuvlik: Ummon islom risolasi» nomli ko‘rgazma ochilishining amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: