O‘zbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi 

O‘zbekiston 11:00 / 10.10.2019 1477

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shaptnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: