«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Viloyatda elektr energiya sohasiga innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda

Jamiyat 17:12 / 10.10.2019 7975

So‘nggi yillarda yurtimizda elektr energiyasi tizimini rivojlantirishga yanada ko‘proq e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sohada amalga oshirilgan islohotlar jarayonida mavjud muammolar bartaraf etilib, ijobiy o‘zgarishlarga erishilmoqda.

Prezidentimizning «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qarori ko‘ra, Buxoro viloyatida uzunligi 260,3 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 190 ta transformator punktlarida qurilish ishlari olib borildi. Shu bilan birga 29 ta massivda 890 ta yangilangan namunaviy uy-joylarni elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 13,4 km uzunlikda elektr tarmog‘i va 24 ta transformator punktlari yangidan qurilib ishga tushirildi.

– Bundan tashqari, viloyatimizdagi 33 ta qishloqlarda «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha hozirgi kungacha jami 196,4 km elektr uzatish tarmoqlari, 98 ta transformator punktlarini yangidan qurilib ishga tushirildi. Xuddi shuningdek, «Obod mahalla» dasturi doirasida esa 6 ta mahallalarda  32,6 km elektr uzatish tarmoklari, 6 ta transformator punktlari yangidan qurilib, ishga tushirildi. Ushbu dasturlar doirasida 26 130 dan ortiq xonadon, 117 ta ijtimoiy soha obektlari, 197 ta tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiyasi ta'minoti sifati yaxshilandi, – deydi Buxoro viloyati Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktori Bahodir Hayotov.

– Qolaversa, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari ham bosqichma-bosqich reja asosida olib borilmoqda.

Hozirgi kunga qadar Buxoro shahar, G‘ijduvon, Kogon, Peshku, Vobkent, Olot, Rometan, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon tumanlarida jami 282 mingdan ortiq elektr hisoblagich almashtirilgan bo‘lib, shulardan 223 mingdan ortig‘i «Billing markazi»ga kiritildi va umumiy hisobda 164 ming nafar iste'molchilarning elektr hisoblagichlari dastur orqali avtomatik ravishda boshqarilmoqda.

Ushbu tizim to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng, iste'molchilar va ta'minotchi korxona uchun bir qator qulaylik va afzalliklar yaratiladi, eng muhimi ishchi kuchi, vaqt va sarf-xarajatlar kamayadi.

Iste'molchilar barcha turdagi elektron to‘lov tizimi orqali (Payme, Click, MBank, Paynet va h.k.) to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Elektr energiyasi ta'minoti tez fursatda qayta tiklanadi. Yana bir gap. Ushbu tizim qulaylik sifatida iste'molchi qarzdor bo‘lgan taqdirda ham sutkaning 17:00 dan ertalabki 7:00 gacha, qolaversa, shanba, yakshanba va bayram kunlari ham o‘chirmaydi. Iste'molchilar foydalangan elektr energiyasi miqdori, to‘langan mablag‘, sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishi, avariyali hamda rejali o‘chirishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qo‘l telefonlariga yuboriladigan SMS xabarnomalar orqali bilib olish kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ladilar.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona tomonidan joriy yilda 14884,4 km 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 4348 ta transformator punktlari, shuningdek,  5 ta 35-110 kV li kuch transformatorlarida mukammal hamda joriy ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish bilan bog‘liq murojaatlarni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida korxonada to‘rt xonalik yagona 1154 qisqa raqamli «Call-Markaz» tashkil qilingan bo‘lib, joriy yilning 1 noyabriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: