Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan MIBning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i uzr so‘radi
9 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «MIBchilar o‘z boshlig‘ining og‘zi shaloqligidan arz qildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan xabar va videolavha e'lon qilindi.
Videoda tasvirlanishicha, Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimov o‘z qo‘li ostidagi xodimlarni kechqurun yig‘ib, ularning orasidan undiruv rejasini bajarmagan xodimlarni o‘ta qo‘pol va nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, sha'nini kamsitgan.
Mazkur voqea yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi Kun.uz’ga rasmiy munosabat taqdim etdi.
«Xabarlarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Zafar Qosimovning xodimlarni belgilanmagan rejani bajarmagani uchun nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani bayon qilingan.
O‘rganishda, Byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Qosimov joriy yilning 15 sentabr kuni soat 21:00 larda bo‘lim binosida bo‘limda faoliyat ko‘rsatuvchi 33 nafar davlat inspektorlari bilan aholi va ulgurji tashkilotlardan energiya resurslari va suv iste'molidan bo‘lgan undiruvni undirish ahvoli yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.
Yig‘ilishda, ayrim xodimlarning belgilangan undiruv rejalarini bajarmaganliklarini vaj qilib, davlat inspektorlarini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘limning ayrim xodimlari tomonidan uyali telefon orqali video yozuvga olinib, onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarga yuborgani ma'lum bo‘ldi.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida Byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Qosimov yuqoridagi holatlarni tasdiqlab, sodir etgan nomunosib xatti-harakatlari uchun bo‘lim xodimlaridan kechirim so‘ragan.
Hozirda, Z.Qosimovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari qo‘shimcha ma'lum qilinadi», — deyiladi MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi munosabatida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

19:21 / 29.04.2025