Respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta'minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta'mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda.
“Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur ta'mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida iste'molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.
2019 yil 9 oktabr kuni, Nurafshon shahar, “Oybek” MFY hududidagi jami 557 ta aholi xonadonlarida va 8 ta ulgurji iste'molchilarida soat 13:00 dan 18:00 gacha, Toshkent tumani, “Masalboy” hududi, “Majnuntol” MFY hududidagi jami jami 3680 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Toshkent tumani, “Chosh-tepa” hududi, “Sabzavot” MFY, “Gulzor” ko‘chasidagi jami 50 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Bo‘stonliq tumani, “Kichiksoy” MFY, “Qardoshlar” va “Tovoqsoy” MFY, “S.Rahimov” ko‘chalaridagi jami 205 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Zangiota tumani, “Xonobod” hududi, “Istiqlol” MFY, “Mirishkor” ko‘chasi hududidagi jami 180 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 10800 ta aholi xonadonlarida va 60 ta ulgurji iste'molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, Bo‘ka shahri “Yangi xayot”, “Toshloq”, “Navro‘z”, “O‘zbek”, “Do‘stlik”, “Guliston” va “Madaniyat” MFY hududida yashovchi jami 3500 ta aholi xonadonlarida va 50 ta ulgurji iste'molchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, 2019 yil 10-12 oktabr kunlari Bekobod shahar, “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida yashovchi jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.
“Hududgazta'minot” AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.