Samarqanddagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 13:58 / 09.10.2019 7464

Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan qo‘shimcha axborot bilan chiqdi.

2019 yil 9 oktabr kuni soat 09:30da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan qo‘shimcha xabarga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jami 25 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan, deyiladi mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lumotida.

Ushbu fuqarolar "Xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga murojaat qilishganligi haqida ilgari xabar berilgan

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JK 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borishlik uchun shahar IIO FMB huzuridagi TBga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: