Prokuratura Mirishkor hokimining «o‘g‘ri bobo»ni haqorat qilgani yuzasidan tekshiruv boshladi

Jamiyat 16:51 / 09.10.2019 41269

Qashqadaryoda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan boboni ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan shaxs Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov ekani tasdiqlandi.

«O‘rganish davomida mazkur holat Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hududida sodir bo‘lganligi, kadr ortidagi shaxs Mirishkor tumani hokimi ekanligi aniqlangan», deb ma'lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mirishkor tumani hokimi «o‘g‘ri bobo»ni nevaralari oldida haqoratli so‘zlar bilan izza qildi. Uning «jazo»lashga vakolati bormi?

Ko‘proq yangiliklar: