FIFA Hongkong futbol uyushmasini Xitoy madhiyasiga hurmatsizlik uchun jazoladi 

Sport 20:05 / 09.10.2019 7495

FIFA Hongkong futbol uyushmasini terma jamoaning 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yinida muxlislar Xitoy madhiyasiga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.  

Hongkong futbol uyushmasi 15 ming shveysar franki (15,1 ming dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak va FIFAdan ogohlantirish olgan. Uchrashuv 10 sentyabrda bo‘lib o‘tgan va eronliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 

Xitoy Hongkong tarkibiga kiradi, biroq o‘z terma jamoasiga ega. O‘yin oldidan Xitoy madhiyasi yangraganda hongkonglik muxlislar namoyishkorona tarzda maydonga teskari burilib olishgan, ba'zilar esa uvillab, “Boo” (Buu) yozuvi bo‘lgan qog‘ozlarni ko‘tarishgan.  

Milliy madhiyaga bunday hurmatsizlik Hongkongda iyundan beri Xitoy siyosatiga qarshi namoyishlar to‘xtamayotgani bilan bog‘langan.

Hongkong va Eron terma jamoalari Osiyo hududining S guruhida Iroq, Kamboja va Bahrayn bilan bir guruhda ishtirok etmoqda. 

Hongkong Xitoyning maxsus ma'muriy tumani hisoblanib, “bir davlat – ikki tizim” formulasi bo‘yicha yuqori avtonomlik darajasiga ega. 4 oy avval bu yerda Xitoyga qonunbuzarlarni topshirishga imkon beruvchi ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi qabul qilinishiga urinish sababli katta ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlangan va hanuzgacha to‘xtamayapti.

Ko‘proq yangiliklar: