Sankt-Peterburgda qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosidan ayblov olib tashlangani ma'lum qilindi

Jamiyat 17:47 / 08.10.2019 10263

6 oktabr kuni Sankt-Peterburgning Moskva rayonida qotillikda gumonlanib qo‘lga olingani OAVda xabar qilingan O‘zbekiston fuqarosidan tegishli organlar tomonidan ayblov olib tashlandi va qo‘shimcha tergov tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-965-029-41-49 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: