Merkel Jonsonning Brexit bo‘yicha yangi rejasini rad etdi

Jahon 17:39 / 08.10.2019 4278

Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga Brexit bitimi Shimoliy Irlandiya YeI bojxona ittifoqida qolgandagina imzolanishi mumkinligini aytib, Londonning Brexit bo‘yicha yangi rejasini rad etdi. Bu haqda Bi-Bi-Ci siyosiy kuzatuvchisi Lora Kyunssberg Buyuk Britaniya bosh vaziri devonxonasi vakiliga tayanib ma'lum qildi.

Aks holda, Merkelning fikricha, kelishuvga erishish "deyarli mumkin emas", deb yozadi Kyunssberg.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Jonson Merkelga javoban Berlinning bunday talabi bitim tuzilishini "imkonsiz" qilib qo‘yishini aytgan.

Agar Bi-bi-si ma'lumotlari tasdiqlansa, EIning Shimoliy Irlandiyani YeI yagona bojxona hududida qoldirish niyati Jonsonning o‘tgan hafta taqdim etgan Brexit rejasiga mutlaqo ziddir.

Ko‘proq yangiliklar: