Germaniyada Amerika qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Jahon 21:54 / 08.10.2019 9128

Germaniya janubi-g‘arbidagi Trir-Saarburg hududida F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. 

Amerikaning Shpangdalem aviabazasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi samolyot AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli bo‘lganligini va uni amerikalik uchuvchi boshqarganini ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, uchuvchi katapulta orqali samolyotni tark etishga ulgurgan, uni qidiruv guruhi topgan bo‘lib, uchuvchi yengil jarohat olgan.

Mahalliy politsiya bo‘limining aniqlik kiritishicha, uchuvchi kasalxonaga olib ketilgan.

Voqea joyi qurshab olingan, bu yerda qutqaruv xizmatlari va politsiya ishlamoqda.

Aviahalokat sabablari aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: