Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar endilikda suratlar bo‘yicha ko‘z kasalliklarini aniqlay oladi

Foto: Emma Kim via Getty Images
Olimlar smartfonlarni ko‘z kasalliklarini ko‘z shifokori - oftalmologga murojaat qilgungacha aniqlay oladigan qildilar. Bu haqda Engadget portali xabar berdi.
Ko‘z kasalligi bor-yo‘qligini Cradle (Computer Assisted Detector of Leukoria) mobil dasturi yordamida tekshirish mumkin. Dasturni iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfonlarga yuklab olish mumkin. Dastur kataraktadan boshlab retinoblastomagacha bo‘lgan ko‘z kasalliklarini aniqlash uchun smartfon kamerasidan foydalanadi.
Dastur har qanday yoshdagi odamda ko‘z kasalligini aniqlay oladi, biroq u ko‘proq bolalar uchun asqatadi, chunki ular sog‘liqlarida muammolarga duch kelganlarini anglamaydilar.
Dasturchilar dasturni ko‘z kasalligini aniqlashga 40 bolaning 53 ming suratida o‘rgatishdi. Bu bolalardan yarmi ko‘z kasalliklaridan aziyat chekkan. Dastur 16 bolada ularning ko‘z shifokoriga murojaat qilishidan o‘rtacha 1,3 yil avval ko‘z kasalligi borligini aniqlay olgan bo‘lsa-da, dasturchilar Cradle oftalmolog huzurida malakaviy ko‘rikdan o‘tishning o‘rnini bosa olmasligini va faqatgina ehtimoliy muammolardan ogohlantirishda asqatishini ta'kidlab o‘tganlar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025