AQShda yangi avloddagi GPS yaratildi

Fan-texnika 08:56 / 02.10.2019 10398

Dunyoning eng yirik harbiy-sanoat korporatsiyalaridan biri Raytheon yangi avloddagi sun'iy yo‘ldosh aloqasi tizimi GPS’ni yaratish bo‘yicha ishlarni yakunladi. Ushbu tizimni 2021 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.  

Yangi tizim GPS OCX deb nomlangan. 

Raytheon kompaniyasi Pentagonning eng yirik 5 pudratchisidan biri va raketa quroli hamda radiotexnik tizimlar yaratish bo‘yicha eng yirik kompaniya hisoblanadi. Yangi avlodda GPS AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan buyurtirilgan bo‘lib, uni yaratish bo‘yicha ishlar 2016 yildan beri olib borilgan.

Yangi tizim modernizatsiya qilingan GPS III’ni 2018-2019 yillarda fazoga uchirishda qo‘llangan.

Kompaniya saytida ta'kidlanishicha, joriy GPS tizimi ikkita muhim segment: fazoviy va yerdagi nazoratdan tashkil topgan. Tizimning fazoviy segmenti hozirda orbitada bo‘lgan bir nechta sun'iy yo‘ldoshni o‘z ichiga oladi, boshqaruv segmenti esa sun'iy yo‘ldoshlarni kuzatish uchun javob beruvchi yerdagi stansiyalardan tashkil topgan. 

Ko‘proq yangiliklar: