Ko‘z kasalliklarining oldini olish qoidalari

Light 14:40 / 29.09.2019 39605

Statistika bo‘yicha, hozirgi kunda har uchinchi inson ko‘rish qobiliyati muammolaridan aziyat chekadi. Sabablar turfa xil, masalan: ekologiya, irsiyat, texnika buyumlari ta'siri (televizor, kompyuter).

Ko‘rish qobiliyati sustlashmasligi uchun muntazam choralar ko‘rib borish lozim:

  1. Har kuni ko‘z uchun gimnastik mashqlarni amalga oshirish.
  2. Ko‘z gigiyenasiga to‘g‘ri rioya qilish.
  3. Foydali mahsulotlar iste'moli.
  4. Iloji boricha ko‘proq toza havoda sayr qilish.
  5. Texnika buyumlaridan imkoniyat darajasida kamroq foydalanish yoki antikompyuter ko‘zoynaklari sotib olish.

Ko‘z salomatligini saqlashning xalqchil usullari 

  1. Pishiqchilik davrida ko‘p miqdorda chernika (rezavor meva) yeyish kerak. U o‘zining shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi: ko‘z to‘r pardasidagi qon tomirlari ishini jadallashtiradi; ko‘z toliqishini kamaytiradi; mushak spazmlarini bartaraf etadi; ko‘rish qobiliyatini asrash va yaxshilashga yordam beradi.
  2. Miopiyadan aziyat chekuvchi barcha bemorlar ko‘proq sabzi iste'mol qilishlari tavsiya etilgan, uning foydasi bor. Miopiya, kon'yunktivit, blefarit, «shapko‘rlik» kabi kasalliklar bilan kurashishda ushbu sabzavot samaralidir. Muntazam ravishda sabzi tanovul qilish ko‘rish qobiliyatini oshiradi, charchoqni oladi va og‘riqni kamaytiradi.
  3. Ko‘rish ravshanligini oshirishga turtki bo‘luvchilar qatorida yashil ko‘katlar to‘plami alohida o‘ringa ega (petrushka, ismaloq, ukrop ya'ni shivit, shovul, ko‘k piyoz va boshqa ko‘katlar). Ko‘kat tarkibi foydali mikroelementlar, vitaminlarga to‘yinganligi sababli yoshlik va to‘laqonli ko‘rish qobiliyatini uzoq yillar saqlab qolishga ko‘maklashadi. 
  4. Kompresslar ham o‘zining ijobiy ta'sirini namoyon eta oladi, masalan, asal va achchiq choy birlashmasi ko‘pchilikka yaxshi tanish. Achchiq damlangan choydan ko‘z kasalliklarida yallig‘lanishni bartaraf etuvchi loson sifatida foydalanish xalq orasida keng tarqalgan.
  5. Aloe o‘simligi bargi ham ko‘zga tomiziluvchi dorivor qorishma sifatida yaxshi samaraga ega. Aksariyat hollarda u suv yoki asal bilan aralashtiriladi. Bu malham ko‘rish qobiliyatini oshiradi.
  6. Kartoshka suviga matoni namlab ko‘z ostiga bosish mushaklarni bo‘shashtirib, charchoqni oladi. 

Kasallikni davolagandan uni oldini olish yengilroq kechadi.

Ko‘proq yangiliklar: