«Asaka» bank: cashback va bonuslar tizimini joriy etish orqali mijozlarning manfaatdorligi oshiriladi

Jamiyat 13:12 / 27.09.2019 11456

25 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Asaka» bank mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda «Asaka» bank tizimida plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish, ularning turlari va afzalliklari xususida batafsil ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishcha, mijozlarga maksimal qulaylik yaratish, masofaviy xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish maqsadida bank tomonidan Asaka mobile ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u kartadan kartaga pul o‘tkazish, onlayn omonat ochish, onlayn konversiya amaliyotini o‘tkazish, kreditlarni so‘ndirish, soliq va turli xizmat shakllari uchun to‘lovlarni osonlik bilan amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur mobil ilova orqali oilaviy kartalarni boshqarish xizmati ham ishga tushirilgan bo‘lib, bu oila a'zolarga qo‘shimcha kartalar ochish, o‘z hisob raqamidan belgilangan limit doirasida amaliyotlarni bajarish qulayligini yaratadi.

«Asaka» bank chakana biznes departamenti boshlig‘i Bekzod Abdurahmonov bankning ayni kunlardagi ko‘rsatkichlari hamda yaqin kelajakdagi rejalari haqida ma'lumot berdi.

– «Asaka» bank tizimida bugungi kunda 20ta 24/7 rejimida ishlaydigan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda 189ta bankomat va infokiosklar mavjud bo‘lib, yil yakuniga qadar 24/7 shoxobchalar sonini 40taga, bankomat va infokiosklar sonini 266taga yetkazish rejalashtirilgan. Ayni paytda bank tomonidan chiqarilan 2 million dona plastik karta muomalada bo‘lib, ularning soni yangi yil avvaliga qadar 2,5 milliontaga chiqariladi. Amalda ishlab turgan 12 mingtadan ziyod terminallar esa 18 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan, – deydi Bexzod Abdurahmonov.

Departament boshlig‘ining ta'kidlashicha, ilgari valuta konvertatsiyalarining atigi 10 foizi mobil ilova orqali, 90 foizi esa bevosita bankning o‘zida an'anaviy tarzda amalga oshirilgan. Hozirga kelib, 90 foiz konvertatsiyalar bevosita ilovalar orqali bajarilmoqda. Bu aholi o‘rtasida mobil ilovaning qulayligi tan olinayotganiga ishora qiladi.

«Asaka» bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayevning ta'kidlashicha, yangi «Humo» milliy to‘lov tizimining joriy etilganligi mahalliy bozorda o‘zaro raqobatni kuchaytirdi. «Raqobatning kuchayishidan mijozlar faqatgina manfaat ko‘radi, chunki xizmatlar sifati ortadi. «Asaka» bank ham mijozlar uchun imkoniyatlar qamrovini kengaytirish maqsadida 2020 yildan boshlab cashback va bonuslar tizimini joriy qilishni rejalashtirgan. Masofaviy xizmatlar soni va sifati ham ko‘tarilib boradi», – deydi Abdullayev.

Anjumanda ta'kidlanishicha, respublikadagi tijorat banklari orasida kapital va aktivlar hajmi bo‘yicha yetakchilardan hisoblangan «Asaka» bank birinchilardan bo‘lib MasterCard, UnionPay, UzCard to‘lov tizimlariga tegishli bo‘lgan to‘lov kartalariga bir bankomat va terminalda xizmat ko‘rsatish amaliyotini tatibiq etgan. Bu esa mahalliy aholi va xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga asos bo‘ladi.

«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!

Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: t.me/bank_asaka

Facebook: fb.com/bankasaka

Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: