Qashqadaryoda yong‘in: 21 yoshli qizning kuygan holdagi jasadi topildi

Jamiyat 08:53 / 26.09.2019 17475

2019 yilning 24 sentabr kuni soat 06:30da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Qumbangi” MFYda yashovchi fuqaro S.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 06:45da yetib borib, soat 06:47da yong‘in qurshab olingan va soat 07:18da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida yashash uyining 21 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Bundan tashqari, 1998 y.t. uy egasining rafiqasi fuqaro D.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: