O‘zbekistonning so‘lim go‘shalari bo‘ylab sayohat qiladigan vaqt keldi – «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» shunday imkoniyatni taqdim etmoqda

Jamiyat 17:00 / 26.09.2019 16050

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonning so‘lim va mashhur tarixiy zaminlariga sayyohlik qilishni rejalashtirib turgan fuqarolar uchun ulkan imkoniyatni taqdim etmoqda. Xullas, endilikda Farg‘ona vodiysi va Qashqadaryo vohasiga sayohat qilmoqchi bo‘lgan uchun ajoyib taklif!

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ quyidagi raqamlardagi yo‘lovchi poyezdlariga Farg‘ona vodiysi aholisi va temir yo‘lda sayohat qilishni xush ko‘radiganlar uchun 60 foizgacha chegirmalarni taklif etadi:  

  • №060/059;
  • №062/061;
  • №097/098; 
  • №091/092.

Jumladan, «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi barcha turdagi vagon klasslari uchun poyezd jo‘nashidan 45 kundan 6 kungacha chipta rasmiylashtirganda 60 foizgacha 5 kundan 2 kungacha 20% gacha chegirmalar taqdim etiladi. 

Shuningdek, yurtimizning tarixiy shaharlaridan biri bo‘lgan Shahrisabzga qatnaydigan №007/008 -sonli «Toshkent-Shahrisabz-Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdiga ham chegirmalar taqdim etilmoqda.

Xususan, poyezd jo‘nashidan 45 kundan 6 kungacha chipta rasmiylashtirilganda 60 foizgacha, 5 kundan 2 kungacha 50 foiz chegirmada chipta xarid qilish imkoniga ega. Qayd etish o‘rinliki, mazkur chegirmalar chiptaning tarif qismidan taqdim etiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: