O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi biznes-ombudsman boshchiligida 2019 yil 26-27 sentabr kunlari Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan V tantanali xalqaro “Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKSga a'zo davlatlarining kichik va o‘rta biznes forumi”da ishtirok etmoqda.
Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining xususiyatlari: O‘zbekiston misoli” to‘g‘risida nutq so‘zlanishi rejalashtirilmoqda. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev ham forumga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Forum Shanxay hamkorlik tashkiloti va BRIKSga a'zo davlatlarining kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ishtirokchilarga xalqaro tajriba almashuvi uchun o‘zgacha imkoniyatdir. Ta'kidlash joizki, investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qator kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.