Anqarada O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi

Jamiyat 11:57 / 26.09.2019 16448

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 23 sentabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi N.Q. vafot etdi.

Elchixona Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan. Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamyurtimizning jasadi 25 sentabr kuni Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha vatanga yuborildi.

Konsullik huquqiy departamenti marhumaning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildirgan hamda Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Ko‘proq yangiliklar: