Facebook kompyuterni fikr orqali boshqarish bo‘yicha startapni sotib oldi

Fan-texnika 14:21 / 24.09.2019 5325

Facebook kompaniyasi kompyuterni miya impulslari yordamida boshqarish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan CTRL-Labs startapini sotib olganini e'lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Facebook vitse-prezidenti Endryu Bosuortning so‘zlariga ko‘ra, CTRL-Labs ishlanmalaridan biri bilaguzuk bo‘lib, u miyadan keladigan signallarni o‘qiydi. Bunday bilaguzuk yordamida kompyuterda klaviatura ishlatmasdan matn terish mumkin.  

Agentlikning qayd etishicha, kelgusida bu texnologiya smartfonlarda joriy etiladi va virtual voqelik ko‘zoynagi bilan birgalikda foydalaniladi. Telefon, ko‘zoynak va bilaguzuk yordamida kompyuterni klaviatura va sichqonchasiz boshqarish mumkin bo‘ladi.

CNBC manbalarining xabar berishicha, shartnoma qiymati 500 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: