YeChL. Ter Shtegen «Barselona»ga 1 ochko keltirdi, «Liverpul» va «Chelsi»da mag‘lubiyat

Sport 02:28 / 18.09.2019 27775

Chempionlar Ligasining F guruhidan olgan «Borussiya» D – «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi. O‘yin davomida xavfli vaziyatlar yaratish borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo ko‘p vaziyatlarda ter Shtegen kataloniyaliklar joniga oro kirdi. Jumladan, ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumchisi Marko Roysning penaltidan tepgan to‘pini ham germaniyalik posbon qaytarishga erishdi. E'tiborlisi, Lionel Messi jarohatidan so‘ng ilk bor maydonga tushdi.

Ye guruhida amaldagi chempion «Liverpul»mehmonda «Napoli»ga mag‘lub bo‘ldi. Qizig‘i, o‘tgan yili ham mersisaydliklar Neapoldan ochkosiz qaytishgandi. Guruhning ikkinchi o‘yinida esa «Red Bull» «Genk» ni tor-mor etdi.

N guruhida «Chelsi»o‘z uyida «Valensiya»ga mag‘lub bo‘ldi, Barkli penaltidan foydalana olmadi. «Ayaks» esa «Lill» ustidan yirik hisobda g‘alaba qrzondi.

YeChL, 1-tur

E guruhi

Napoli – Liverpul 2:0
Gollar: Mertens (82, penalti), Lorente (90+2).
Napoli: Meret, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Kalexon, Allan (Elmaz, 76), Losano (Lorente, 69), Fabian Ruis, Insine (Zelinski, 68), Mertens.
Liverpul: Adrian, Aleksander-Arnold, Matip, Roberson, van Deyk, Xenderson (Shakiri, 87), Milner (Veynaldum, 68), Fabino, Mane, Firmino, Salax.
Ogohlantirishlar: Roberson (57), Milner (61).

Red Bull – Genk 6:2 
Gollar: Xoland (2, 34, 45), Xvan Xi (36), Soboslai (45+1), Ulmer (66) – Lukumi (40), Samatta (52).

F guruhi

Borussiya – Barselona 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Roys (56).
Borussiya D: Byurki, Akanji, Xummels, Xakimi, Gerreyru, Dileyni, Sancho, Azar (Brandt, 73), Vitsel, Roys, Alkaser (Larsen, 87).
Barselona: ter Shtegen, Semedu, Alba (Roberto, 40), Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 60), de Yong, Artur, Fati (Messi, 59), Grizmann, Suares.
Ogohlantirishlar: Dileyni (15), Azar (47), Pike (50), Semedu (55), Rakitich (70).

Inter – Slaviya 1:1
Gol: Barella (90+2) – Olayinka (63).

G guruhi

Lion – Zenit 1:1
Gollar: Depay (51, penalti) – Ozmun (41).

Benfika – Leypsig 1:2
Gollar: Seferovich (84) – Verner (69, 78).

N guruhi

Chelsi – Valensiya 0:1
Gol: Rodrigo (74).
Amalga oshirilmagan penalti: Barkli (88).
Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma (Jiru, 73), Tomori, Alonso, Maunt (Pedro, 16), Jorjino, Villian, Kovachich (Barkli, 80), Kristensen, Abraxam.
Valensiya: Sillessen, Gabriel Paulista, Gayya, Garay, Vass, Kondogbia, Koklen, Parexo, Cherishev (Diakabi, 90), Gameyro (Gomes, 70), Rodrigo (Li In Kan, 90).

Ayaks – Lill 3:0
Gollar: Promes (18), Alvares (50), Talyafiko (62).

Ko‘proq yangiliklar: