TIV Sankt-Peterburgda jasadi topilgan O‘zbekiston fuqarosi haqida rasmiy ma'lumot berdi

Jamiyat 08:42 / 18.09.2019 39213

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 14 centyabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi. 

TIV xabariga ko‘ra, politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma'lum qildi. Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Ko‘proq yangiliklar: