Steel Property Construction – innovatsion rivojlanish bilan hamqadam!

Jamiyat 11:00 / 18.09.2019 3472

«Steel Property Construction» kompaniyasi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan belgilab olingan innovatsion rivojlanish strategiyasiga hamohang tarzda o‘z faoliyat doirasini muntazam kengaytirib bormoqda.

Kompaniya qurilish sektoriga, shu bilan birga temiryo‘l infrastrukturasiga mo‘ljallangan yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish va tatbiq etish bo‘yicha ham katta tajriba to‘plagan. Jumladan, ayni paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvati yordamida temiryo‘l avtomatikasi va telemexanikasi, masalan – avtomatik o‘tkazish signalizatsiyalari uchun himoya moslamalari, kontakt tarmoqlari uchun polimer izolyatorlar, 250 km/soatgacha bo‘lgan yuqori tezlikdagi harakat uchun tayanch va konsollar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, eng ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniluvchi energiyatejamkor svetodiod svetoforlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ustida ish olib borilmoqda.

Bu jarayonda kompaniya o‘z ishlab chiqarish salohiyatiga tayanish bilan bir qatorda boshqa davlatlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, tadqiqot markazlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Joriy yilning iyul oyida «LokoTex-Signal» MChJ bilan birgalikda O‘zbekiston Temir Yo‘llari andozalariga muvofiq keluvchi, temiryo‘llarda va metropolitenda poyezdlar harakatining zamonaviy boshqaruv tizimini hamkorlikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, o‘zaro kelishuv doirasida O‘zbekistonda loyihaviy qiymati taxminan 20,0 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qo‘shma korxona tuzish ham muhokama qilinmoqda.

«Steel Property Construction» MChJ faqat bu yo‘nalish bilan cheklanib qolmagan. Bu 2017 yilda asos solingan keng qamrovli kompaniya bo‘lib, faoliyat yo‘nalishlaridan biri qurilish sohasidir. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan metallokonstruksiyalar, sendvich-panellar, granit va marmar plitalar sanoat obektlari hamda turar-joylar qurilishlarida keng qo‘llanilmoqda hamda yuqori baholanmoqda.

«Steel Property Construction» kompaniyasi o‘z faoliyat turlarini kengaytirib borish, yangi sohalarni zabt etish orqali sanoatni yanada rivojlantirish va O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Telefonlar: 98 111-01-11, 99 808-55-77

Instagram: @spc_uz

Facebook: fb.com/spcuzb

Telegram: t.me/spc_uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: