Davstatqo‘m: elektr energiyasi ishlab chiqarish 1,5 foizga ortdi

O‘zbekiston 16:55 / 18.09.2019 3988

2019 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshirdi.

Hisobot davrida, Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat korxonalari tomonidan 40,44 milliard kVt/s.dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Shuningdek, yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 17,85 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga kamdir.

Ko‘proq yangiliklar: