Android BootCamp: mobil olamni biz bilan zabt eting!

Fan-texnika 13:10 / 18.09.2019 13949

Mobil telefon sotib, olib ilk marotaba uni ishga tushirganingizda telefon ekranida yashil rangli robotchani ko‘rgansiz-a?! O‘sha robotcha tasviri Android operatsion tizimining logotipi hisoblanadi. Demak, sizning mobil qurilmangiz Android tizimida ishlaydi.

Android - smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli futbolchilar, soatlar, fitness bilakuzuklari, o‘yin konsollari, noutbuklar, netbuklar, smartbooklar, Google Glass oynalari, televizorlar uchun operatsion tizimdir. 2015 yildan boshlab boshqa qurilmalar avtomobillar, ko‘ngilochar tizimlar va uy robotlari uchun ham ishlatish boshlandi.

Android keng tarqalgan operatsion tizim hisoblanadi. Demak, Androidni biladigan dasturchilarga talab ham katta, sababi o‘z-o‘zidan ayon, ular yaratishi va rivojlantirishi kerak bo‘lgan qurilma va tizimlar kutib turibdi. Android dasturini o‘rganish hali ancha vaqtgacha yaxshi ish bo‘lib qoladi, chunki bu sohada juda ko‘p mahsulot va kutilayotgan yangi loyihalar bor.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, Android dasturchilariga dasturlash sohasida ish o‘rinlari ko‘pligi bilan ajralib turadi.

Mobil ilovalar bozorida ko‘pgina innovatsion g‘oyalar mavjud va mobil texnologiyalarni rivojlantiradigan yangi dasturlash texnologiyalarini o‘rganish katta muvaffaqiyatga olib kelmoqda. Android - smart-uy dasturlari, ovozli faollashtirilgan qurilmalar, sun'iy intellektlar va elektron tijoratda mobil dunyoning bir qismi hisoblangan texnologiyalardan biridir. Bu texnologiyalarning asosiy maqsadi bizning hayotimizni osonlashtirish.

Hozirda biz mobil qurilmalarimizni hayotimizning bir bo‘lagi sifatida ishlatamiz. Undan o‘yin-kulgi uchun, ishimiz samaraliroq bo‘lishi yoki onlayn xaridlarni amalga oshirish uchun foydalanamiz. Shu sababli bugungi hayotimizda juda ko‘p ishlarni amalga oshirishda dastur ishlab chiquvchilarga bog‘liq ekanligimizni aytish mubolag‘a emas.

Ta'limga investitsiya kelajakka qilingan eng foydali sarmoya hisoblanadi. Sizni yaxshi ish bilan ta'minlashga yo‘naltiradigan kasbni tanlash esa bu yo‘ldagi eng katta yutuqdir.

2018 yilda eng yaxshi ish - dasturchi (Software Developer) mutaxassisligi bo‘ldi. Ushbu mutaxassislarga talab katta va ularga rivojlangan davlatlarda, xususan AQShda yillik 100.000$ dan ortiq ish haqi to‘lanadi.

Dasturchilardan tashqari kompyuter va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq boshqa mutaxassislar ham 2018 yilda eng yaxshi daromad qilganlar ro‘yxatiga kirgan.

Dasturchilar har doim o‘z bilimlarini oshirib borishi va yangi texnologiyalarni o‘rganib izlanishi lozim bo‘lgan mutaxassislardir. Kompaniyalar esa loyihalar yaratish tajribasiga ega iqtidorli dasturchilarni qidiradilar.

Bugungi kunda barcha bizneslarga mobil ilovalar, dasturlar kerak bo‘ladi. Bu ularga tovar va xizmatlarning sotilishini tezlashtirish, daromadni oshirish, biznes tahlilini amalga oshirishda katta qulaylik va imkoniyat beradi.

Mobil ilovalar bozorida kelajakka yaxshi tahlillar bor: 2021 yilga kelib butun dunyo bo‘ylab mobil ilovalarni yuklab olish soni 352 milliardga yetishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mobil tijorat o‘sishi kutilmoqda. 2018 yil oxiridan boshlab, eng yirik e-tijorat bozori hisoblangan Xitoyda m-tijorat (mobil smarfon orqali tijorat) rivojlanishni boshladi. Bugunga kelib 75 foiz elektron tijorat mobil qurilma orqali amalga oshirilmoqda va o‘z o‘rnida bu m-tijorat (m-commerce) sohasini tezkorlik bilan rivojlantirmoqda.

Statistik tahlillarga ko‘ra foydalanuvchilar kompyuter oldidan ko‘ra (41%) mobil qurilmalarida ko‘proq vaqt sarflashadi (59%). Kelajakda bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda, chunki mobil qurilmalar kundan-kunga kuchli va yangi texnik imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilmoqda.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Android dasturini o‘rganish hali ancha vaqtgacha juda yaxshi ish bo‘lib qoladi, chunki u juda ko‘p imkoniyatlar eshigini ocha oladi. Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilarining talabi bunga juda katta va ish haqi to‘lovi ham yuqori bo‘lib qolmoqda.

Agar dasturlashning ushbu sohasiga qiziqqan va bu sohani tezroq o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, PDP Bootcamp o‘quv kursiga yozilishni va Android developer kasbini egallashni o‘ylab ko‘ring.

O‘RGANILADIGAN TEXNOLOGIYaLAR VA TILLAR

1-modul. Dasturlashning boshlang‘ich bilimlari, “Java”dan boshlang‘ich bilimlar, Java Core;

2-modul. Obektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP), multithreading, blocking va non blocking operatsiyalar, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, internet bilan ishlash;

3-modul. Androidda boshlang‘ich bilimlar, activity, viyewlar bilan ishlash Android sodda o‘yinlar yaratish, butterknife va support component bilan ishlashni o‘rganish;

4-modul. Murakkab viewlar bilan ishlashni o‘rganish, recycleview, gesture view, custom viewlar, layout'larning ishlash prinsiplarini va Kotlin'ning boshlang‘ich asoslarini o‘rganish;

5-modul. Android internet bilan ishlashni, takrorlanib turuvchi va fonda ishlovchi operatsiyalar bilan ishlashni, ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o‘rganish;

6-modul. Amaliyot. Loyihalar bilan ishlash;

BOOTCAMPda o‘quv amaliyoti qanday tashkil etiladi?

Android development o‘quv rejasi:

Davomiyligi: 8 oy;

 Guruh sig‘imi: 24 talaba (bir guruhda);

 O‘quv tili: O‘zbek tili;

 Darslar vaqti: Haftada 5 kun (dushanba-juma), 25 soat. 5 soat (08:00 - 13:00);

Android BootCampda o‘qish talablari qanday?

BootCamp guruhlariga 16 yoshdan yuqori, kompyuterdan foydalana oladigan, ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega xohlovchilar qabul qilinadi. Biz sizga taklif qilayotgan ta'limda Android dasturlash yo‘nalishida to‘liq dasturchi (Android developer) bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun avval bir haftalik sinov darslarida sizda ushbu sohaga layoqat va qiziqish darajasi tekshiriladi.

BootCamp yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, mamlakat aholisini ish bilan ta'minlash, yoshlarni qisqa muddatda zamonaviy mutaxassis etib tayyorlash va bu kadrlar orqali davlatning dasturiy ta'minot ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy rivojlanishiga katta yordam beradi. Muhimi, talabalarda dasturchidek fikrlash, ishlash va tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Bu esa juda muhim jihat. Chunki dasturlash sohasida ijodkorlik, kreativ yondoshuv, mantiqiy tahlil qila olish zarur fazilatlar bo‘lib, bu dasturchida fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi.

Kursga qabul qilish davom etmoqda.

Bizning manzil: Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi 3 B uy

Mo‘ljal: O‘zbekiston Davlat Tsirki

Shuningdek, qo‘shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Sayt: pdp.uz

Telefon: + 99897 447 47 41, +99895 177 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Facebook: fb.me/pdp.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: