Toshkentda «One Belt - One Road» O‘zbekiston-Xitoy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 13:00 / 17.09.2019 6874

Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun ajoyib yangilik! Xitoyning yirik kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzmoqchimisiz? Sizda ajoyib imkoniyat bor: 18-20 sentabr kunlari, «One Belt - One Road» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazmada xalq iste'moli mollari, qurilish materiallari, avtomobillar uchun jihozlar ishlab chiqarishdagi murakkab yechimlar va eng yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

«One Belt - One Road» – bu Markaziy Osiyo davlatlarini jamuljam qiluvchi loyiha hisoblanadi. Bu loyihaning ko‘pchilik ishtirokchilari «Buyuk Ipak yo‘li»ning bir qismi bo‘lganlar, demakki eksport-import operatsiyalarida azaldan ishtirok etib kelganlar.

Bugungi kunda loyiha «Buyuk Ipak yo‘li»ning qadriyat va an'analarini saqlab kelmoqda. Xitoy davlatlararo munosabatlarni yaxshilash ustida ish olib borarkan, loyihaning turli ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik kuchayishi uchun qulay sharoitlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

O‘zbekiston hukumati va Savdo-sanoat palatasi, Xitoy elchixonasi ko‘magi bilan tashkillashtirilayotgan mazkur ko‘rgazma joriy yilning 18-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma ko‘p asrlik savdo aloqalarini saqlash va davlatlararo hamkorlikning yangi qirralarini ochishni maqsad qilgan. Unda xalq iste'moli mollari, qurilish materiallari, avtomobillar uchun jihozlar ishlab chiqarishdagi murakkab yechimlar, dasturiy ta'minlash va eng yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma davomida maishiy texnika ishlab chiqarish sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, vositachilar va turli-tuman qo‘shimcha to‘lovlarni chetlab o‘tgan holda mahsulotlarni ishlab chiqaruvchining o‘zidan bevosita xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Xitoyning o‘nlab yillar davomida yirik ishlab chiqaruvchilar hisoblangan kompaniyalari bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Ko‘rgazma bo‘lib o‘tadigan kunlarda №1-raqamli pavilon hududida choy ichish uchun alohida maxsus burchak tashkillashtiriladi va unda choyxo‘rlikning Xitoy an'analari namoyish etiladi.

Tadbir manzili: Toshkent shahri, O‘zEkspoMarkaz, 1-pavilon

Batafsil ma'lumotlarni +99890 9984248 raqami yoki www.onebeltoneroad.uz sayti orqali olish mumkin.

E-mail: info@onebeltoneroad.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: