Nur-Sulton 2019: Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashadi

Sport 10:00 / 17.09.2019 3415

Bugun, 17 sentabr kuni Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kun bahslari o‘tkaziladi.

Reglamentga ko‘ra, ushbu kun dasturida ayollar kurashi bo‘yicha saralash bahslari va yunon-rim kurashida kechagi dasturdan so‘ng medallar uchun kurashadigan sportchilar bahs olib borishadi. O‘zbekiston ayollar jamoasidan ikki nafari Dauletbike Yaxshimuratova (-50 kg) hamda Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Sevara Eshmuratova (-55 kg) kurashadigan vazn Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan va ushbu sportchi JCh medallari uchun bahs olib boradi.

-50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova – Emilia Sirisu (Moldova)
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva – Lianna Errera (Kuba)
-55 kg: Sevara Eshmuratova – Annika Vendl (Germaniya)

16 sentabr kungi bahslar yakuniga ko‘ra, Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratovni mag‘lub etgan raqiblar (Kenichiro Fumita va Tamash Lorins) finalgacha yetib borgani uchun ular bronza medali va Tokio-2020 litsenziyasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishgan. Ularning bu yo‘lda o‘tish bosqichidagi dastlabki raqiblari quyidagicha:

-60 kg: Elmurat Tasmuradov – Andres Montano (Ekvador)
-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Volodimir Yakovliyev (Ukraina)

Ko‘proq yangiliklar: