Davlat xizmatlari yagona reyestri yangilandi

O‘zbekiston 10:54 / 17.09.2019 8844

Davlat xizmatlari yagona reyestrining yangi tahriri tasdiqlandi, avvalgi tahriri esa kuchini yo‘qotdi. Bu haqda Norma xabar berdi.
 
E'lon qilingan ro‘yxat 716 ta davlat xizmatini o‘z ichiga oladi (avvalgisi – 693 ta). Unga quyidagi yangi pozitsiyalar kiritilgan:

• o‘zini o‘zi band qilganlarga vaqtinchalik guvohnomasi berish;
• bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan subsidiya va grantlap ajratish;
• xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish, shuningdek ularni Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish;
• tabiiy gazni hisobga olish priborini (hisoblagich) plombalash;
• xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish;
• alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash;
• OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash;
• OTMning sirtqi ta'lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilish;
• xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta'lim olganlik to‘g‘risida hujjatlarni tan olish uchun elektron ariza yuborish;
• bolalarni ixtisoslashtirilgan bolalar bog‘chalariga qabul qilish;
• gerb tasviri tushirilgan muhrlarni yasatish huquqini beruvchi ruxsatnoma berish;
• IIOning xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari tomonidan turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish;
• fuqarolarning xorijga chiqishi uchun biometrik pasport berish va boshqalar.
 
Hujjat 13.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: