Nissan rahbari iste'foga chiqdi

Fan-texnika 08:18 / 16.09.2019 6890

Yaponiyaning Nissan Motor avtomobilsozlik kompaniyasi rahbari Xiroto Saikava 16 sentyabrda iste'foga chiqdi. Uning vorisi oktyabrda tayinlanadi, deb xabar berdi “Kiodo” axborot agentligi.

Yaqinda ortiqcha mukofot puli olganini tan olgan Saikavaning iste'fosi kompaniya daromadliligini barqarorlashtirish va uning Renault kompaniyasi bilan hamkorlik munosabatlarini yaxshilash bilan bog‘lanmoqda.

Saikavaning o‘rnini 63 yoshli Yasuxiro Yamauti vaqtinchalik egallagan.

Nissan muammolari 2018 yil noyabrda kompaniyaning va uning Renault hamda Mitsubishi bilan alyansi rahbari Karlos Gon moliyaviy qonunbuzarliklar va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovlari bilan hibsga olingandan keyin keskin tus olgandi.

Gonning raqiblari, jumladan Saikava xorijlik tomonidan boshqarilayotgan yapon kompaniyasi o‘z mustaqilligini yo‘qotayotganidan xavotirlanishgan.

Vaziyat shungalikka borganki, Nissan 3 yil ichida 12,5 ming ish o‘rnini qisqartirishini e'lon qilgan. Kompaniyadagi ichki tekshiruv esa Saikavaga asossiz ravishda mukofot puli sifatida 434 ming dollar to‘langanini ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: