Fransiyada dunyodagi eng og‘ir olmali pirog pishirildi 

Jahon 20:54 / 16.09.2019 6786

Fransiyaning Lamot-Byovron shahrida dunyodagi eng og‘ir olmali pirog “Tart Taten” pishirildi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, pirogning og‘irligi 308 kg bo‘lib, u Ginness rekordlar kitobiga kiritiladi. 

Pirogni pishirish uchun 500 kg olma, 35 kg shakar va 40 kg xamir kerak bo‘lgan. Ushbu aksiya 120 yil avval opa-singil Tatenlar mehmonxonasidagi restoranda ilk bor pishirilgan shirinlik yubileyiga atalgan.

Ushbu pirogning yaratilishi tarixiga ko‘ra, opa-singillardan biri – Stefani tovada olma va shakardan iborat masalliq tayyorlayotganda kimdir uning diqqatini bo‘lgan. Oqibatda masalliq tagiga olgan. Uni boshqatdan tayyorlashga vaqt bo‘lmagan va Stefani uni xamir bilan o‘rab, duxovkaga pishishga qo‘ygan. Shirinlik pishgach tovani o‘girib pirogni likopchaga teskarisi bilan qo‘ygan. Natija esa restoran mehmonlariga yoqqan va keyinchalik u “Tart Taten” degan nom olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: