14 nafar yosh olim Germaniya tadqiqot institutlarida malaka oshiradi

Jamiyat 22:05 / 16.09.2019 4418

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Germaniyaning ta'lim va tadqiqotlar bo‘yicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda puxta tadqiqot rejasiga ega 14 nafar o‘zbekistonlik yosh olimni Germaniyaning tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun saralab oldi.

2019 yilning 31 avgustiga qadar 86 nafar nomzod ushbu dasturga qiziqish bildirib onlayn ariza topshirdi. Arizalar Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns boshchilik qilgan, vazirlik mutasaddi xodimlaridan tashkil topgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va tanlov mezonlari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra quyidagi 22 nafar yosh olim tanlovning ikkinchi bosqichiga taklif qilindi va suhbatdan o‘tkazildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi yosh olimlarga Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirish uchun grant dasturi bo‘yicha yo‘llanma berildi:

1. Xolxo‘jayev Jasurxo‘ja Muxtor o‘g‘li – Turin politexnika universiteti

2. Ernazarov Dilmurod Zuxriddinovich – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3. Berdiyorov Temur Azamatovich - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

4. Tog‘ayev Ulug‘bek Raxmonqulovich – Biorganik kimyo instituti, O‘zFA

5. Ne'matzoda Firdavs Ne'matovich – Turin politexnika universiteti

6. Raximova Latofatxon Sobirjonovna – Toshkent kimyo texnologiyalari instituti

7. Xoliqova Ruxsora Sanjarovna - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

8. Xamidov Bedilbek Fayozbekovich – Toshkent shahridagi INHA universiteti

9. Salyamov Ruslan Azatovich – Astronomiya instituti, O‘zFA

10. Igamberdiyev Bunyod G‘ayratovich – Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

11. Ashurov Rustam Xatamovich – Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, O‘zFA

12. Jo‘lliyev Zavqiddin Normengli o‘g‘li – Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, O‘zFA

13. Sherimbetov Sanjar Gulmirzoyevich – Bioorganik kimyo instituti, O‘zFA

14. Berdinazarov Qodirbek Nuridin o‘g‘li - Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, O‘zFA

Ko‘proq yangiliklar: