Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Assakalov to‘rt raqibni yengdi va Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qildi
Bugun, 15 sentabr kuni Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni davom etmoqda.
Bugun yunon-rim kurashi bo‘yicha Olimpiya vazn toifalarida saralash bahslari o‘tkazilyapti.
-87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik kurashchi Rustam Assakalov saralash bosqichini panamalik Alvis Albino Almendra Ximenesga qarshi o‘tkazib, sof g‘alabaga erishdi.
Shundan so‘ng, 1/16 finalda Assakalovga musobaqa favoriti, turkiyalik ikki karra jahon chempioni Metexan Bashar (2017 yil Parijdagi turnirda -85 kg vaznda, 2018 yili Budapeshtda -87 kg vaznda) raqib bo‘ldi. O‘zbekistonlik tajribali kurashchi bu jiddiy raqibini ham sof g‘alaba bilan taslim etdi va nimchorak finalga yo‘l oldi.


1/8 finalda rossiyalik Aleksandr Komarov ustidan ham sof g‘alabaga erishgan Assakalov chorak finalda Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun gilamga tushdi.
Chorak finalda unga Kuba terma jamoasi vakili Daniel Gregorich Echavarria raqib bo‘ldi. Assakalov bu raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi va shu bilan birgalikda kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Endi unga yarim finalda vengriyalik Viktor Lorins raqib bo‘ladi.
Yarim finalning ikkinchi juftligi ukrainalik Jan Belenyuk va germaniyalik Denis Maksimilian Kudladan tarkib topgan.
O‘zbekistonning yana ikki vakili ilk bahslardan keyinoq ishtirokini to‘xtatdi, -67 kg vazndagi Mirzobek Rahmatov saralashda germaniyalik Frank Stayeblerga 1:9 hisobida yutqazdi, -97 kg vazn toifasida Jahongir Turdiyev 1/16 finaldan bahslarga qo‘shildi, ammo u ilk bahsdayoq rossiyalik Musa Yevloyevga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Musobaqada 27 sportchi bilan yo‘l olgan O‘zbekiston delegatsiyasi ilk olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Qolaversa, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritilgan beshinchi yo‘llanma bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eronning sanksiyalari va Suriya – Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?
Jahon | 19:14
-
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi
Jahon | 19:06
-
90 yillik an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
O‘zbekiston | 18:59
-
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

23:47 / 07.08.2024
Parij-2024. Assakalov bronza uchun bahsda jarohat olib faoliyatini yakunladi, Vardanyan ham turnirni medalsiz tugatdi

10:37 / 18.09.2022
Endi Nur-Sulton emas. Qozog‘iston poytaxti nomi 30 yilda to‘rtinchi bor o‘zgarmoqda

16:27 / 13.09.2022
To‘qayev Nur-Sulton nomini Ostonaga qaytarishga rozilik berdi

16:49 / 13.05.2022