“Humo” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Sport 09:28 / 15.09.2019 8844

Toshkentning “Humo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasi muntazam chempionatining 2-turida Qozonning “Bars” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi

“Humo-Arena”da o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limi 2-0 hisobida yakunlangan. Gollarni o‘z hisoblariga Artem Voroshilo va Denis Mosharov yozib qo‘yishgan. 2-bo‘limda mehmonlar Ayrat Vildanov sa'y-harakatlari evaziga oradagi farqni qisqartirishgan. Yakunlovchi 20 daqiqalikda Ivan Yemets hisobni tenglashtirgan, biroq uchrashuv yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Aleksandr Sherbina “Humo”ga g‘alaba keltirgan.

Toshkent klubi keyingi o‘yinini ham o‘z uyida Nijniy Novgorodning “Torpedo-Gorkiy” klubiga qarshi o‘tkazadi.

“Humo” Oliy xokkey ligasidagi debyut o‘yinida “Ryazan” klubini 5:0 hisobda tor-mor etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: