«Humo» mavsumning eng muhim o‘yinlaridan birini 4 mart kuni Toshkentda o‘tkazadi

Sport 16:44 / 03.03.2020 5904

Jamoa 4 mart, chorshanba kuni o‘z maydonida Neftekamskning «Toros» klubini qabul qiladi. Bahs natijasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Uchrashuv Toshkentdagi «Humo» arenasida soat 19:30da boshlanadi.

Qayd etish kerak, pley-off seriyasining oltinchi o‘yini O‘zbekistonda ilk marta o‘tkazilmoqda.

Ma'lumot uchun, «Humo» Oliy hokkey ligasida 54ta o‘yin o‘tkazdi, ulardan 27tasi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Jamoaning har bir uy o‘yinini o‘rtacha 3714 kishi kuzatib bordi va bu – ligadagi 34ta klub orasidagi to‘rtinchi eng yaxshi natija.

1 fevral kuni Sankt-Peterburgning «Dinamo» klubiga qarshi «Humo» arenada kechgan o‘yin tomoshabinlar soni bo‘yicha mavsum rekordini qayd etgan – matchni 6844 muxlis bevosita kuzatib borgandi.

Ko‘proq yangiliklar: