Namanganda Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi ish boshladi

O‘zbekiston 20:15 / 13.09.2019 2365

Bugun, 13 sentabr kuni Namangan viloyatida “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyalarning roli” mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ikki kun davom etadigan forumda jahonning 30 dan ortiq davlatidan 150 nafar xorijiy kompaniyalar vakillari va tibbiyot sohasining yetuk olimlari ishtirok etishmoqda.

Forumning birinchi kuni ertalabki dasturidan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xorijlik investorlar bilan muzokaralari o‘rin oldi.

Aziz Abduhakimov
Xayrullo Bozorov

Kunning ikkinchi yarmida beshta yo‘nalish - endokrinologiya, kardiologiya, jarrohlik, onalik va bolalik muhofazasi hamda farmatsevtika bo‘yicha seksiya yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Namangan viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash, Innovatsion rivojlanish vazirliklari va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro forumda viloyat tibbiyoti va farmatsevtika sanoatining salohiyati namoyon etilmoqda.

Forum doirasida xorijiy tadbirkorlar bilan tibbiy xizmatlar va farmatsevtikaga oid ko‘p million dollarlik qator investitsion shartnomalar imzolanishi kutilmoqda. 

14 sentabr kuni tibbiyot sohasining taniqli mutaxassislari ishtirokida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat perinatal markazi, viloyat kardiologiya markazi hamda “Anamed” va “Oydin shifo” xususiy klinikalarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Rossiyaning Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Namangan davlat universitetida tashkil etilgan qo‘shma tibbiyot fakultetining ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: