Apple kapitallashuvi yangi iPhone’lar taqdimotidan keyin 1 trln dollardan oshdi

Fan-texnika 08:05 / 12.09.2019 9615

Apple kompaniyasining bozordagi qiymati yangi qurilmalari va 3 ta yangi iPhone taqdimotidan keyin yana 1 trln dollardan oshdi. Bundan NASDAQ elektron birjasi saytida joylashtirilgan ma'lumotlar darak bermoqda. 

Apple’ning 11 sentyabrdagi kapitallashuvi 1 trln 10 mlrd 443 mln dollarni tashkil qilgan. Kompaniya aksiyalari savdolar yopilishi oldidan bir kun avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 3,18 foizga oshib, bir donasi uchun 223,6 dollarni tashkil qilgan.

2018 yil kuzida Apple kapitallashuvi 1 trln dollardan oshgan ilk AQSh kompaniyasi bo‘lgandi. Keyinroq uning qiymati kamayib, oxirgi vaqt 950 mlrd dollar atrofida bo‘lib turgan.

10 sentyabrda kompaniya 3 ta yangi iPhone, iPad plansheti va Apple Watch aqlli soatini taqdim qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: