Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman hokimi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lishi kutilmoqda

Nozim Husanov
Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanadi. Kun.uz manbasi xabar qilishicha, bugun, 11 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda Nozim Husanov vazir lavozimiga tayinlanishi haqida aytilgan.
U bu lavozimda 2018 yilning aprelidan 2019 yilning avgustigacha ishlagan, 29 avgustida prezident maslahatchisi lavozimiga o‘tgan Sherzod Kudbiyev o‘rnini egallaydi.
Endi Nozim Husanov nomzodi yangi amaliyotga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi va deputatlar uning nomzodini ma'qullashganidan keyin prezident uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolaydi.
Nozim Husanov 1976 yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan, 1997 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi bo‘lim) tamomlagan.
U 2010—2011 yillarda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan, 2011—2013 yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari, 2013—2014 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2014—2016 yillarda «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi bo‘lgan, 2016 yilning bahoridan 2018 yil bahorigacha, Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangunigacha Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ma'lumot uchun, Nozim Husanov yaqinda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi arafasida prezident tomonidan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

11:38 / 11.04.2023
Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi

19:01 / 17.01.2023
“Sobiq vazirning so‘zlari noto‘g‘ri” - yapon kompaniyasi rahbari

21:30 / 07.01.2023
Janubiy Koreyaga ishga borishdagi korrupsiya – nega migratsiya mas’ullari qishloqlarga kirib bormagan? Sobiq vazir bilan intervyu

18:43 / 21.12.2021