Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ish vaqti tugadimi – ishxonani tark etish kerak”. Nozim Husanov mehnat huquqi haqida gapirdi
“Mehnat qonunchiligida 8 soatli ish vaqti belgilangan va bu umumiy tajribadagi soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘ladi. Fuqarolarning haq-huquqi bor, ish vaqti tugadimi – ishni tark etish kerak”, - deydi mehnat vaziri.

Foto: Kun.uz
21 dekabr kuni o‘tkazilgan Toshkent yoshlar forumida Mehnat vaziri Nozim Husanov ishtirok etdi. Vazirga berilgan savollardan biri O‘zbekistondagi ayrim tashkilotlarda ish vaqti tugasa-da, boshliq ketishini kutadigan yoki belgilangan vaqtdan ko‘p ishlaydigan xodimlar to‘g‘risida bo‘ldi. Ularga qanday yordam berasizlar, deya vazirlik rahbariga yuzlandi yoshlardan biri.
Nozim Husanovga ko‘ra, barcha ishchi-xodimlar o‘z huquqlarini bilishlari va undan foydalana olishlari kerak.
“Blogerlar tashkilotlarga borib mana soat 21:00, chiroqlar yoniq turibdi, xodimlar hali ham ishlayapti, deb muammoni yoritishmoqda. Bu borada ishchi-xodimlar huquqiy ongini oshirishimiz kerak. Har bir xodim ishga kirayotganda mehnat shartnomasi imzolaydi. Hujjatning ish vaqti, ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha 3 ta asosiy tomoni bor. Hech qaysi mehnat shartnomasida soat kechki 22 gacha yoki dam olish kuni ishlash degan joyi yo‘q.
Mehnat qonunchiligida 8 soatli ish vaqti belgilangan va bu umumiy tajribadagi soat 9:00 dan 18:00 gacha bo‘ladi.
Fuqarolarning haq-huquqi bor, ish vaqti tugadimi – ishni tark etish kerak. Qachonki, ish beruvchi tomonidan ishdan vaqtli ketib qolding, degan tazyiq bo‘lsa, unda bizning vazirlikdagi mehnat inspeksiyasiga murojaat qilish mumkin. Biz ularning haq-huquqlarini himoya qilamiz.
Har bir xodim o‘z haq-huquqidan foydalana bilishi kerak. Agar u haq-huquqini o‘zi himoya qilishni boshlamasa, bu narsani tartibga solish qiyin”, – deya vazir so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, ayni paytda respublikada 521 mingta tashkilot bor. Ularning hammasiga bittadan qorovul qo‘yishning iloji yo‘q. Qachonki ishchi-xodimlar o‘z haq-huquqlarini talab qilsagina, mehnat qonunchiligiga amal qilish tartibga tushadi.
Avvalroq, Nozim Husanov Kun.uz'ga bergan intervyusida vatandoshlarni chet ellarga ishga yuborish bo‘yicha vazifalar ijrosi va yangi rejalar haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

17:15 / 03.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?

15:32 / 30.12.2024
Eriell xodimlari 4 oydan buyon maosh olishmayotgandan norozi bo‘lib video murojaat qildi

19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin

18:26 / 21.02.2024