Xitoy Hongkong bo‘yicha bayonot sababli Germaniyaga keskin norozilik bildirdi

Jahon 15:27 / 10.09.2019 10178

Xitoy hukumati Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning Hongkong bo‘yicha pozitsiyasini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin ma'lum qildi.

"Xitoy tomoni Germaniya hukumati hongkonglik radikallarga GFRga tashrif buyurishga ruxsat bergani uchun keskin norozilik bildiradi. Buning ustiga, aniqlanishicha, Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas ular bilan muloqot qilgan. Biz bu holat bo‘yicha qat'iy norozilik bildiramiz. Bu borada Berlinga keskin murojaat yo‘llandi", - dedi u.

Diplomat Hongkong ishlariga har qanday ko‘rinishdagi aralashish XXR suverenitetiga tajovuz deb baholanishini ta'kidladi.

Maas 30 avgust kuni Yevroittifoqning 28 davlati tashqi ishlar vazirlari norasmiy uchrashuvida Hongkong aholisi namoyishlar o‘tkazish va o‘z fikrini shu tarzda ifodalash huquqiga ega ekanligini aytgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: