Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxeologiyada so‘nggi 200 yildan beri o‘z yechimini kutayotgan muammoga oydinlik kiritildi
Jahonga mashhur «Science» jurnalida «Janubiy va O‘rta Osiyo aholisining shakllanishi» (The formation of human populations in South and Central Asia) nomli maqola chop etildi. Unda Yevrosiyo xalqlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq so‘nggi 10000 yillik tarixiga oydinlik kiritilgan. Bu haqda O‘zRFA axborot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, tadqiqotda mazkur hududda olib borilgan arxeologik izlanishlarda qo‘lga kiritilgan 524 ta qadimgi inson qoldiqlari (skeletlari) arxeo-genetik tahlil qilingan. DNK-tahlillari qilingan qadimiy skeletlar qatorida O‘zbekistonning oltita arxeologik yodgorligidan topilgan inson qoldiqlari ham joy olgan.
Mazkur izlanishda jahonning 80 dan ortiq nufuzli ilmiy markazlaridan 117 nafar tadqiqotchini birlashtirgan. Xususan, unda O‘zRFA Arxeologik tadqiqotlar instituti arxeologlari ham qatnashgan.
O‘zRFA axborot xizmati xabarida tirik organizmlarda genetik kodni, ya'ni irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajaradigan DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) inson suyaklarida uzoq vaqt saqlanib qolishi aniqlash arxeologiyaning zamonaviy yo‘nalishi ekani ta'kidlangan. Bunday tadqiqotlar keng ilmiy jamoalar tomonidan amalga oshiriladi, chunki bu izlanishlar dala qazishmasi, laboratoriya tahlili va natijalarni talqin qilish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu izlanish so‘nggi 200 yildan beri o‘z yechimini kutayotgan Turon (O‘rta Osiyo) va Shimoliy Hindiston aholisining kelib chiqishi muammosiga oydinlik kiritdi, deyilgan xabarda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur hudud aholisining shakllanishida Yevrosiyo dashtlari aholisi asosiy o‘rin tutgan.
Ushbu ish genetik natijalar arxeolog va tilshunos olimlar bilan hamkorlikda o‘rganilgan ilk tadqiqot sanaladi. Undagi natijalar, Yevrosiyo bo‘yicha to‘plangan qadimiy DNK qoldiqlari Harvard universiteti laboratoriyasida tahlil qilinadi.
Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, Science Fanni rivojlantirish Amerika assotsiatsiyasining ilmiy jurnali hisoblanadi. (The American Association for the Advancement of Science — AAAS). Jurnal jiddiy taqrizdan o‘tkaziladi, har haftada bir chop etiladi. Qog‘ozli varianti 130000, elektron varianti 1 million obunachiga ega. markazi Vashington (Kolumbiya tumani, AQSh) va Kembrijda joylashgan (Buyuk Britaniya). Jurnal ingliz tilida chop etiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:02 / 20.12.2019
Milliy arxeologiya markazi: «Hovlilardan chiqqan xumlar haqida bizda ma'lumot mavjud emas»

23:03 / 17.06.2017